CLARY
Yangi: AI ovozli qabulxona va filial tarmog'i

Klinikaning butun ishi — bitta tizimda

Qabulxona, navbat, kassa, laboratoriya, diagnostika, dorixona, statsionar, buxgalteriya va analitika. Brauzerda, Windows va mobil ilovada — o'zbek tilida.

  • 30 kun bepul sinov
  • Karta so'ralmaydi
  • O'zbek tilida
  • Veb · Windows · Mobil
app.clary.uz/dashboard
Bugun tushum
8 450 000
Navbatda
12
Qabul qilindi
47
Tushum, 14 kun so'm
A-014 Karimova D. Ko‘rikda
A-015 Toshmatov B. Chaqirildi
A-016 Rahimova N. Kutmoqda

Namunaviy ekran — ma'lumotlar shartli

Bitta bemor — bitta oqim

Eshikdan chekkacha, qog'ozsiz

Har bir bo'lim bir-birini ko'radi: qabulxonada yozilgan xizmat shifokorga, laboratoriyaga va kassaga o'zi yetib boradi.

  1. 1

    Qabulxona

    Bemor 10 soniyada topiladi yoki qo'shiladi, xizmat va shifokor tanlanadi

  2. 2

    Navbat

    Elektron navbat, TV ekranda ovozli chaqiruv

  3. 3

    Shifokor

    Ko'rik, tashxis (ICD-10), retsept, yo'llanma — shablonlar bilan

  4. 4

    Tahlil va diagnostika

    Buyurtma avtomatik laboratoriyaga, natija QR orqali

  5. 5

    Kassa

    Naqd, karta, Click/Payme, aralash to'lov, qarz — chek bilan

  6. 6

    Dorixona

    Retseptdagi dorilar shu chekka, qoldiq avtomatik kamayadi

Modullar

38+ modul — keraklisini yoqasiz

Kichik xususiy kabinetdan ko'p filialli shifoxonagacha. Ortiqcha bo'limlar menyuda ko'rinmaydi.

Har bir tarifda: Qabulxona Bemorlar bazasi Navbat Kassa va smena Moliyaviy jurnal Xodimlar va rollar

Klinik modullar

8
  • Shifokor ish joyi Ko'rik, SOAP, retseptlar, shifokor kabineti va shablonlar
  • Diagnostika UZI, rentgen, EKG va boshqa uskunali tekshiruvlar
  • Laboratoriya Tahlil buyurtmalari, natijalar, QR natija, laborant ish joyi
  • Dorixona Dori sotuvi, prixod, qoldiq, muddat nazorati (klinika ichidagi dorixona)
  • Statsionar Yotqizish, palata/ko'rpa, depozit, kunlik hisob, chiqarish
  • Stomatologiya Interaktiv tish kartasi, davolash rejasi, tish texnik buyurtmalari
  • Hamshira paneli Muolajalar, topshiriqlar, shoshilinch chaqiruv
  • Uyga hamshira Bemorlarning uyga hamshira chaqiruv so'rovlari

Qabul va operatsiyalar

7
  • Onlayn navbat so'rovlari Sayt, portal va bot orqali kelgan navbat so'rovlari
  • Qo'ng'iroqlar va bulutli ATS IP-telefoniya, stol telefonlari, softfon, qo'ng'iroqlar tarixi
  • AI ovozli qabulxona Qo'ng'iroqqa avtomatik javob, navbatga yozish, ovozli xabar
  • TV navbat ekrani Clary Cast — kutish zalidagi televizorda navbat va ovozli chaqiruv
  • Inventar Sarf materiallari, ombor harakatlari, inventarizatsiya
  • Xaridlar Yetkazib beruvchilar, buyurtmalar, qabul qilish
  • Filial tarmog'i Bir joydan bir nechta filial: transferlar, yo'llanmalar, umumiy hisobot

Moliya va buxgalteriya

8
  • Buxgalteriya Bosh kitob, balans, P&L, pul oqimi, debitor/kreditor
  • Byudjet Byudjet rejasi va xarajat markazlari
  • Soliq markazi Soliq hisob-kitobi va QQS hisoboti
  • Oy yopish Hisobot davrini yopish va qayta ochish
  • Bank Bank hisoblari va ko'chirmalar
  • Asosiy vositalar Uskunalar hisobi va amortizatsiya
  • Sug'urta Sug'urta shartnomalari, da'volar, hisob-kitob
  • Maosh (hisob-kitob) Xodimlar maoshi, foiz, avans, to'lov tarixi

Analitika va hisobotlar

5
  • Kengaytirilgan analitika Shifokorlar, xizmatlar, segmentlar, prognoz va dashboard kartalari
  • Hisobot quruvchi (BI) Davr hisoboti, ixtiyoriy kesimlar, jadvallashtirilgan hisobotlar
  • CFO paneli Rahbar uchun umumiy moliyaviy ko'rsatkichlar
  • AI yordamchi AI kunlik xulosa, Copilot savol-javob, ICD-10 tavsiyasi
  • Telegram hisobotlari Smena, kassa va kunlik hisobotlar Telegram botga

Marketing va aloqa

4
  • Marketing Kampaniyalar, segmentlar, sodiqlik dasturi
  • Sharhlar Bemorlar sharhlari va reyting
  • Bemor Telegram boti Bemorlar uchun navbat, natija va eslatmalar boti
  • Klinika veb-sahifasi clary.uz katalogidagi klinika sahifasi va onlayn yozilish

Nima o'zgaradi

Klinikaning eng og'ir joylari — avtomatik

Telefon

AI ovozli qabulxona va bulutli ATS

Klinikaga kelgan qo'ng'iroqqa tizim o'zi javob beradi: bo'sh vaqtni aytadi, bemorni navbatga yozadi. Qabulxona band bo'lsa ham bitta qo'ng'iroq yo'qolmaydi.

  • IP-telefoniya: stol telefonlari va brauzerdagi softfon
  • Kiruvchi qo'ng'iroqda bemor kartasi avtomatik ochiladi
  • AI ishlamasa ham ovozli xabar orqali qabul davom etadi
  • Qo'ng'iroqlar tarixi va yozuvlari

Tarmoq

Bir joydan 10 tagacha filial

Asosiy klinika va filiallar bitta tarmoqda: rahbar barcha filialni bir ekranda ko'radi, xodim bir tugmada filial almashtiradi.

  • Filiallararo dori va pul o'tkazmasi
  • Umumiy bemor bazasi va yo'llanmalar
  • Filiallarni taqqoslovchi hisobot va kunlik Telegram xulosa
  • Bitta yoki alohida obuna — tanlov sizda

Dorixona

Dorixona: ombordan kassagacha

Dori katalogi soliq tasnifi (MXIK) bilan, barkod va partiyalar, yaroqlilik muddati nazorati — muddati o'tgan dori sotilmaydi.

  • MXIK katalogidan bir necha harf bilan qidiruv
  • Partiya, tannarx, chegirma va foyda hisobi
  • Qaytarish, qarzga sotuv, smena va kassa
  • Alohida dorixona kirishi — PIN bilan kassirlar

Laboratoriya

Natija bemorning telefonida

Laborant natijani kiritadi — bemor chekdagi yoki varaqdagi QR kod orqali natijani o'zi ochadi. Bolalar me'yorlari yoshga qarab avtomatik.

  • Tahlil katalogi, me'yorlar va namunalar
  • QR orqali onlayn natija, chop etish shart emas
  • Mustaqil laboratoriya uchun alohida savdo oynasi
  • Klinika jurnali bilan avtomatik bog'lanish

Moliya

Kassadan buxgalteriyagacha

Har bir so'm qayerdan kelib, qayerga ketgani ko'rinib turadi: smena, seyf, inkasatsiya, qarzdorlar va oy yopish.

  • Aralash to'lov: naqd + karta + Click bitta chekda
  • Seyf, inkasatsiya, smena farqlari nazorati
  • P&L, balans, pul oqimi, QQS, byudjet, bank
  • Maosh: foiz, oylik, avans — har bir xodimga sahifa

Analitika

Raqamlar — aniq va tushunarli

Tushum haqiqatda kelgan pul bo'yicha hisoblanadi: qarz ikki marta sanalmaydi, qaytarishlar ayiriladi, kunlar Toshkent vaqti bilan.

  • Shifokorlar va xizmatlar reytingi, yuklama xaritasi
  • Bemor segmentlari, pul prognozi, anomaliyalar
  • Hisobot quruvchi, CFO paneli, PDF va Excel
  • Smena va kunlik hisobot Telegram'ga

Statsionar

Palata va ko'rpa, depozit, kunlik hisob, qarovchi, chiqarish hujjatlari.

Stomatologiya

Interaktiv tish kartasi, tish yuzalari, davolash rejasi, tish texnik buyurtmalari.

Hamshira va uyga chaqiruv

Muolajalar ro'yxati, shoshilinch chaqiruv, bemorlarning uyga chaqiruv so'rovlari.

Qayerda ishlaydi

Har bir xodim va bemor uchun o'z ilovasi

Veb-ilova

Istalgan kompyuter yoki planshetda brauzer orqali — o'rnatish shart emas.

Windows ilovasi

Chek, A4 hujjat va yorliqlarni oynasiz (jim) chop etish, termal printerlar.

Xodimlar mobil ilovasi

Shifokor va hamshira: maosh, xizmatlar, statsionar bemorlar, chaqiruvlar.

Bemor portali va Telegram bot

Onlayn navbat, natijalar, eslatmalar va uyga hamshira chaqirish.

TV navbat ekrani

Kutish zalidagi televizorga bitta tugmada ulanadi, ovozli chaqiruv bilan.

Chekda QR

Bemor chek va qarz holatini telefonida ko'radi — yangi chek so'ramaydi.

Ilovalarni yuklab olish →

Nazorat

Pul va ma'lumot — to'liq nazoratingizda

Har bir xodim faqat o'z ishini ko'radi, har bir o'zgarish iz qoldiradi.

Rollar va 90+ ruxsat

Har bir xodimga faqat kerakli bo'lim: kassir, laborant, shifokor, administrator.

Maxsus rollar

O'z ruxsatlar to'plamingizni yarating — masalan, "Katta kassir".

Qurilmalar nazorati

Kim qaysi kompyuter yoki telefondan kirgani ko'rinadi, begona qurilma bloklanadi.

Jurnal PIN-kodi

Moliyaviy yozuvni tahrirlash va bekor qilish faqat PIN bilan.

Harakatlar tarixi

Kim, qachon, nimani o'zgartirgani — audit jurnalida.

Savatcha

O'chirilgan yozuv sabab bilan saqlanadi va qaytarib tiklanadi.

ClickPaymeUzumHumoUzcardTelegramUztelecom IP-telefoniyaSoliq MXIK katalogi

Siz kimsiz?

Klinika, bemor yoki hamshira — har biri uchun alohida yo'l

Tariflar

Klinikangiz hajmiga mos

Narxlar so'mda, yashirin to'lovsiz. Istalgan vaqt tarifni o'zgartirish mumkin.

Starter 25$

300 000 so'm / oy
  • 2 xodim, 2 qurilma
  • 38 modul
30 kun bepul sinash
Ko'p tanlanadi

Business 50$

600 000 so'm / oy
  • 10 xodim, 10 qurilma
  • 38 modul
30 kun bepul sinash

Enterprise 120$

1 500 000 so'm / oy
  • Cheksiz xodim, cheksiz qurilma
  • 38 modul
30 kun bepul sinash

Tariflarni batafsil taqqoslash →

Ko'p beriladigan savollar

Qancha muddat bepul ishlatish mumkin? +

Ro'yxatdan o'tganingizdan keyin 3 kunlik demo ochiladi. Shu vaqt ichida tarif tanlasangiz — 30 kun bepul sinov (bir marta). Bank kartasi so'ralmaydi.

Kompyuterga biror narsa o'rnatish kerakmi? +

Yo'q, Clary brauzerda ishlaydi. Chek printerlaridan oynasiz chop etish uchun Windows ilovasi, xodimlar uchun mobil ilova ham bor.

Bir nechta filialni boshqara olamanmi? +

Ha. Bitta asosiy klinika va 10 tagacha filial bitta tarmoqqa ulanadi: umumiy hisobot, filiallararo transferlar va yo'llanmalar, umumiy bemor bazasi.

Ma'lumotlarim qanday himoyalanadi? +

Ma'lumotlar xalqaro bulut infratuzilmasida shifrlangan ulanish orqali saqlanadi, har bir klinika ma'lumoti boshqasidan qat'iy ajratilgan. Rollar, qurilmalar nazorati, audit jurnali va muntazam zaxira nusxalar mavjud.

Tarifni o'zgartirsam ma'lumotlar yo'qolmaydimi? +

Yo'qolmaydi. Biror modul tarifga kirmasa ham ma'lumot o'chirilmaydi — faqat bo'limga kirish yopiladi. Tarifni kengaytirsangiz hammasi joyida bo'ladi.

Qaysi tillarda ishlaydi? +

O'zbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida. Hujjatlar va cheklar o'zbek tilida.

Barcha savollar →

Ertangi qabulni Clary'da boshlang

Ro'yxatdan o'tish 2 daqiqa. Xizmatlar va xodimlarni qo'shing — qabulxona shu kuni ishlaydi.

30 kun bepul sinov · Karta so'ralmaydi

Bepul boshlash Demo